
Matip APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Liverpul” klubi himoyachisi Joel Matip professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra Angliya premer-ligasining o‘tgan sentbyar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra 28 yoshli futbolchi Per-Emerik Obameyang («Arsenal»), Kallum Uilson («Bornmut»), Kevin de Bryuyne, Riyada Mareza (ikkalasi – «Manchester Siti») va Rikardu Pereyrularni («Lester») ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Matip “Liverpul” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar