
Mavuba: Azar tuni bilan ichganiga qaramay xet-trikni amalga oshirgan edi
"Azar uchun so‘nggi o‘yinda biz "Nansi"ga qarshi o‘ynashimiz kerak edi. Yigitlar bilan o‘yindan bir kun avval yig‘ilib, biroz ichmoqchi bo‘ldik. Azar tuni bilan uxlamay ichdi. Ammo o‘yinda 30 daqiqagina harakat qilganiga qaramasdan xet-trikka erishdi. Barchamiz hayratda qoldik. Shunda uning nimalarga qodirligiga yana bir bor amin bo‘lganmiz", - deydi "Lill"ning sobiq yarim himoyachisi.
Ma’lumot uchun, Eden Azar 2007-2012 yillar mobaynida frantsuz klubi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar