
Maxachev va Edvards jangi kuzda bo‘lib o‘tishi mumkin
Islom Maxachev va Leon Edvards o‘rtasidagi jang kuzda Abu-Dabida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Bu haqda engil vazn (70.3) toifasida UFC chempioni menejeri Rizvan Magomedov gapirdi.
"Agar bu bahorda sodir bo‘lmasa, u (Abu-Dabida) bo‘lib o‘tadi", - dedi Magomedov.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev (25-1) oxirgi marta oktyabr oyida UFC 294 turnirining asosiy jangida Aleksandr Volkanovskini nokautga uchratgan edi. Edvards (22-3) dekabr oyida Kolbi Kovingtonni mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasida chempionlik unvonini saqlab qoldi.
Fikrlar