
Maxachevning yarim o‘rta vazndagi imkoniyatlari qanday? Edvardsning murabbiyi javob berdi
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Leon Edvardsning murabbiyi Deyv Lovell engil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev haqida gapirdi.
"Leon o‘z faoliyatining boshida "Amerika Top-Team" jamoasida Islom bilan birga shug‘ullangan. Edvards hamda Islom Xabib va boshqa yigitlar bilan kurashib ko‘rgan. Shunday ekan, ko‘plab savollar tug‘ilishi tabiiy. Maxachev yarim o‘rta vazn uchun etarlicha kuchlimi? U engil vaznda bo‘lgani kabi janglarda dominant bo‘la oladimi? Men bunday deb o‘ylamayman. Islom Leon kabi aniq zarbaga ega raqiblar bilan jang qilganmi? Yo‘q, uning bunday raqiblari bo‘lmagan”, — deya Deyv Lovellning so‘zlarini keltirgan Bloody Elbows.
Fikrlar