Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Maydonda ochiq jinoyat bo‘ldi. O‘zbekistonlik hakam boshqargan uchrashuvni tanqid qilishdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Mundialning eng qo‘pol o‘yini aynan mana shunisi bo‘ldi

Moskvaning «Spartak» klkubi sobiq futbolchisi Eduard Mor jahon chempionatining 1/8 finalida Paragvay terma jamoasining Fransiya futbolchilariga qarshi ko‘rsatgan o‘yinini qattiq tanqid qildi. 

Filadelfiya shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda fransuzlar 1:0 hisobida g‘alaba qo‘zondi. O‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev belgilagan penalti­ni Kilian Mbappe aniq bajarib, evropaliklar g‘alabasini ta’minladi.   

Shu bosqichning yana bir o‘yinida Marokash terma jamoasi Kanada ustidan yirik hisobda g‘alaba qo‘zondi — 3:0.

- Marokash va Fransiyaning chorak finalga chiqqani kutilgan natija edi. Lekin bu kun baribir syurprizsiz o‘tmadi. Afsuski, bu yoqimsiz syurpriz bo‘ldi. Paragvay terma jamoasining mutlaqo qo‘pol, odobsiz o‘yinini oq­lab bo‘lmaydi. Juda qattiq xafamandman. O‘zim ham maydonda ochiqchasiga jinoyatchilik darajasidagi qo‘polliklar bo‘lgan o‘yinlarda qatnashganman. Seni urishadi, tepishadi, yana qayta-qayta urishadi.

Ammo bu yerda gap dunyo bo‘ylab tomosha qilinadigan jahon chempionati haqida ketyapti. Nima ko‘rdik? Paragvayliklar raqibni doimiy ravishda tepib, urib o‘ynadi. To‘p bilan ham, to‘psiz ham. 

Bu chempionatda bunday manzarani hali ko‘rmagandim, umuman olganda ham ancha vaqtdan beri bundayini uchratmaganman. Hakam Ilgiz Tantashev o‘yin nazoratini qo‘ldan boy berdi, nimagadir paragvayliklarga sariq kartochka berishga shoshilmadi. 

Umuman olganda, bu jahon chempionatidagi hakamlik menga yoqyapti, lekin aynan shu o‘yinda ogohlantirishlar berish, qo‘pollikni darhol to‘xtatish kerak edi. Natijada esa biz futbol ko‘rmadik. 

Paragvayliklar futbol o‘ynamadi. Hakam yana bir bor — paragvay darvozasiga qaratilgan aniq penalti­ni dastlab belgilamadi, faqat videotakror­dan keyin qaror chiqardi.

Fransuzlar o‘yin davomida provokatsiyalarga berilib ketmagani ham ajablanarli. Yaxshiki, jiddiy jarohatlarsiz tugadi, — dedi Eduard Mor. 

9 iyul kuni Fransiya terma jamoasi mundialning  chorak finalida Marokash bilan to‘qnash keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q