
Mayk Tayson super og‘ir vazn toifasi etakchilarini jangga chorladi
Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson ayni kunda super og‘ir vazn toifasi etakchilari Tayson Fyuri, Entoni Joshua va Deontey Uaylder bilan ko‘rgazmali janglar o‘tkazmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
“Menimcha, barchasi aqlbovar qilmaydigan, yorqin jangchilar! Ular shou janglarini o‘tkazishlari va pul to‘plashlari mumkin, chunki hammasi muxlislarning sevimli bokschilaridir. Shuningdek, juda ko‘p odamlarga yordam berish imkoniga ham ega. Dunyoda biz yordam bera olishimiz mumkin bo‘lgan insonlar anchagina. Shunday ekan, men bilan ko‘rgazma janglarini o‘tkazing va daromadning katta qismi pulga muhtoj odamlarga tushadi, - dedi Tayson "Boxingscene" nashriga
Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang o‘tkaziladi.
Fikrlar