Mayk Tayson: "U iqtidorli, lekin afsuski, unga jasorat etishmayapti"

  • 2 mart, 2024, 14:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Afsonaviy bokschi Mayk Tayson meksikalik Saul Kanelo” Alvares(60-2-2, 39 KO)ni vaqtinchalik WBC chempioni amerikalik Devid Benavides(28-0, 24 KO) bilan jangdan qochgani uchun tanqid qildi.

"Men bunga ishonmayman... Kanelo Benavides bilan jang uchun 60 million dollardan voz kechdi. Devid ajoyib jangchi, ammo"Kanelo" yutqazishdan shunchalik qo‘rqdimi? O‘ylab ko‘ring, meksikalik jangchilar odatda, bunday qilishmaydi. Ular pulni ham birinchi o‘ringa qo‘ymasdan, eng yaxshilari bilan kurashadilar. Biroq hozirgi holat Meksika boks olami uchun uyat. Agar men Saulning o‘rnida bo‘lsam, Benavides bilan jangga kirishib, dunyoga eng kuchli jangchi ekanligimni isbotlagan bo‘lardim. "Kanelo" iqtidorli, lekin afsuski, unda jasorat etishmayapti", - deb Mayk Tayson so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Ma’lumot uchun, kuni kecha Saul Alvares Al Haymonning Premier Boxing Champions kompaniyasi bilan shartnomasini bekor qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!