
Mayk Tayson va Jeyk Pol o‘rtasidagi jangning ehtimoliy sanasi ma’lum qilindi
Videobloger Jeyk Pol(9-1, 6 KO) va super og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson(50-6, 44 KO) o‘rtasidagi jang oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin.
"Mayk Tayson shartnoma bo‘yicha to‘liq tekshiruvdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Keyinchalik jangni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Jang oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin.Taysonning sog‘ligida jiddiy muammo yo‘q, ammo uning tiklanishi uchun vaqt kerak", - dedi agentlik manbasi.
Eslatib o‘tamiz, ular o‘rtasidagi jang dastlab 20 iyul kunida o‘tkazilishi tasdiqlangandi, ammo 27 may kuni 57 yoshli Mayk Tayson Mayamidan Los-Anjeles ga parvoz paytida o‘zini yomon his qilgani ma’lum bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, sportchining jarohati kuchaygan, ko‘ngil aynishi va bosh aylanishidan shikoyat qilgan, qo‘ngandan keyin tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Fikrlar