
Maykl Foks yana bir mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
Bugun PBC promouterlik kompaniyasi tomonidan bir nechta janglar tashkil etilmoqda. Shulardan biri, bizga yaxshi tanish bo‘lgan Maykl Foks va Lyuk Santamariya o‘rtasida kechdi.
Biroz avval yakuniga etgan jangda nokdaun qayd etildi. Lyukning bo‘yi Maykldan 19 sm pastroq edi, ammo uning tanaga bergan zarbalari birinchi raundda Maykl Foksni ringga ag‘dardi. Butun jang davomida juda katta ustunlikka erishgan Santamariya yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan (99-90, 97-92, 96-93) g‘alaba qozondi.
Santamariya (11-1-1, 7KO) o‘zining faoliyatidagi 11-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uning hisobida 1 mag‘lubiyat va 1 durang ham bor. Maykl Foks esa, ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar