Mbappe bu jamoaga to‘g‘ri kelmaydi

  • 26 noyabr, 2023, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Glen Jonson “Liverpul” jamoasining Kilian Mbappega qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

- “Liverpul” Kilian Mbappeni transfer qilish uchun ketadigan summani sarflashini hech tasavvur qila olmayman.

Klubdagilar yangi o‘yinchilarni olishga strategik yondashadi. Ular futbolchi haqidagi statistik ma’lumotlar, istiqbolda kutilayotgan vaziyatlarni tahlil qilib chiqadi va foydali transferlarga qo‘l uradi. Bu siyosat hozirgacha samara berib kelgan.

“Liverpul” Mbappeni olish uchun orqa-oldiga qaramay harakat qiladigan klub emas, deb bilaman.

Mbappe Yurgen Klopp qo‘llayotgan pressingga asoslangan o‘yin uslubiga mos tushadimi? Kilian PSJda hech qachon yuqori darajada pressing ko‘rsatmagan. Qolaversa, uning o‘zi bu uslubda o‘ynashni istaydimi?, - dedi Glen Jonson.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!