Mbappe Chempionlar ligasida uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) «Lill» yarim himoyachisi Etan Mbappeni 2026/2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasining uchta o‘yiniga diskvalifikatsiya qildi.
Bu haqida RMC Sport tashkilot bayonotiga tayanib xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli fransuz asosiy evrokubok musobaqasining umumiy bosqichi 1-turida Ispaniyaning «Betis»iga qarshi uchrashuvda (2:3) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi.
Mbappe sevillyaliklar jamoasi himoyachisi Natanning yuziga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan. Uchrashuv bosh hakami Georgi Kabakov videotakrorni ko‘rib, futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan.
Diskvalifikatsiya tufayli Mbappe Chempionlar ligasida «Arsenal», «Galatasaroy» va «Bude-Glimt»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Etan “Real” yulduzi Kilian Mbappening ukasidir.

Fikrlar