Mbappe “dashhatli” rekord o‘rnatdi
Evropa Chepionlar ligasi umumiy guruh bosqichining beshinchi turida “Real” futbolchilari Gretsiyaa “Olimpiakos” jamoasi bilan kuch sinashib, gollarga boy bo‘lgan bahsda 4:3 hisobida zafar quchdi.
Madridliklarning g‘alabasini ta’minlagan barcha gollar bir futbolchi – Kilian Mbappe hisobiga yozildi.
Mbappe Evropa Chempionlar ligasining safar uchrashuvlarida to‘rtta xet-trik qayd etib, musobaqaning rekordini o‘rnatdi.
Shu tariqa, 2025 yilda Kilianning turli musobaqalardagi xet-triklari soni beshtaga etdi. Bugungi kunga qadar u “Valyadolid” (25 yanvar), “Manchester Siti” (19 fevral), “Barselona” (11 may) va “Qayrat” (30 sentyabr) darvozalariga uchtadan gol urgan edi.



Fikrlar