Mbappe: "JCh-2026da kapitan sifatida g‘alaba qozonish — orzu"
Kilian Mbappe Jahon chempionati-2026da Frantsiya terma jamoasi kapitani sifatida gʻalaba qozonish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Kapitan sifatida Jahon chempionatida gʻalaba qozonish? Bu juda qiyin, juda kam uchraydigan holat.
Vaqt oʻtgan sari narsalarning ahamiyatini yanada chuqurroq tushunasaan. Hozirgi on bilan yashash, musobaqalarning qadrini bilish kerak.
Albatta, gʻalaba qozonish ajoyib boʻlardi — men uchun, jamoadoshlarim uchun, fransuzlar uchun, jurnalistlar uchun… Nazarimda, bu sizlarga ham yoqardi", — dedi Mbappe kulgan holda.
Fikrlar