Mbappe katta gapirib qo‘ydi, endi gapini isbotlashi kerak

  • 06.03.2023 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylangan Kilian Mbappe Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvida “Bavariya” darvozasini kamida uch marta ishg‘ol qilishini aytdi.

- Men 202, 203 va 204-gollarimni “Bavariya” uchun saqlab qo‘ydimmi? Bundan ko‘prog‘ini! Biz u erga keyingi  bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun boramiz. Bizda o‘z kuchimizga ishonch tug‘ildi. Endi esa maydonda g‘olib chiqishimiz kerak, - dedi Kilian Mbappe.

“Bavariya” nimochrak finalning Parijda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvida mezbonlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Endi bu ikki jamoa o‘rtasidagi javob o‘yini 8 mart kuni Myunxenda bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!