Mbappe kecha nega zaxirada qoldirildi?

  • 2 oktabr, 2022, 16:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte hujumchi Kilian Mbappe nima uchun "Nitstsa"ga (2:1) qarshi o‘yinda zaxirada qolganiga izoh berdi.

“Mbappe Millatlar ligasida Daniyaga qarshi o‘yinda belidan jarohat olgan edi. Uning asorati butunlay yo‘qolmagan. Garchi Kilianning o‘zi ilk daqiqalardanoq maydonga tushishga tayyor bo‘lgan bo‘lsa-da, biz uni xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qildik", - deydi Galte.

Kilian o‘yinga 59-daqiqada qo‘shildi. Shunday bo‘lsa-da, futbolchi 84-daqiqada o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida, Mbappe joriy mavsumda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishni uddalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!