Mbappe PSJga ham, “Real”ga ham nasib qilmasligi mumkin. Kilianga jiddiy xaridor chiqdi

  • 1 yanvar, 2024, 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Futbol ishqibozlarini Kilian Mbappe keyingi mavsumni qaysi klubda boshlashi qiziqtirmoqda. Ko‘p narsa yanvar oyi davomida oydinlashadi.

Hozircha, 25 yoshli forvard uchun asosan PSJ va “Real” da’vogar hisoblanadi. Biroq “Liverpul” superto‘purar uchun kurashga jiddiy tarzda kirishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Yurgen Klopp anchadan beri Mbappening o‘yinlarini kuzatib keladi. Germaniyalik mutaxassis bu o‘yinchi yaqin kelajakda liverpulliklar etakchisi Muhammad Salohning o‘rnini bosishiga ishonmoqda.

Misrlik forvard katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin. Uning transferidan keladigan mablag‘ Kilian Mbappeni olish uchun yaxshi dastak bo‘ladi.

Ayrim mutaxassislar Kilian Mbappening o‘zi Yurgen Kloppni hurmat qilishi va nemis murabbiyi qo‘llayotgan o‘yin uslubi hujumchiga ma’qul ekani haqida fikr bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
01/01/2024 23:50
Интизомли уйинчи эмас Мбаппе. Ливерпуль эса айнан интизомли жамоа