Mbappe “Real” ko‘zlagan supertransferni “buzib” qo‘ygani oshkor bo‘ldi
“Real” rahbariyati 2026 yilda shov-shuvli transfer amalga oshirishni rejalashtirgan edi. Bir muddat oldin Madrid klubi Ashraf Hakimini o‘ng qanot himoyasiga erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni mo‘ljallagan edi.
Qizig‘i shundaki, “Real”ning rejalari Kilian Mbappe tufayli barbod bo‘ldi. Gap shundaki, frantsiyalik hujumchining PSJdan ketishi Parij klubiga qo‘l keldi.
Frantsiya klubida Mbappe ketganidan keyin maoshlar fondida katta mablag‘ qoldi va ular bu pullarni Ashraf Hakimiga foydali shartnoma berishga yo‘naltirdi.
Natijada, marokashlik futbolchi Liga 1 grandi bilan 2025 yilning 30 iyunida tugaydigan shartnomasini 2029 yil o‘rtasigacha uzaytirdi va “Real”ning o‘zi tarbiyalagan himoyachini qaytarish rejasi barham topdi.
O‘z vaqtida Ashraf Hakimi “Real”ning yoshlar jamoasida o‘ynagan va hatto birinchi jamoa uchun 17 marta maydonga tushgan. Biroq murabbiylar shtabi bu o‘yinchini asosiy tarkibga loyiq ko‘rmagan.
Fikrlar