Mbappe "Real"ga shoshmoqda. Peres esa PSJni qanday ko‘ndirishni biladi

  • 18 aprel, 2021, 02:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian PSJ bilan yangi shartnoma imzolamaslik haqida o‘ylayaptimi? Agar shunday bo‘lsa, frantsuz grandi oldida katta muammo yuzaga keladi. Chunki Mbappening klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois PSJda uni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun 2 ta yo‘l bor:

1 – qanday qilib bo‘lmasin, u bilan shartnomani uzaytirish;

2 – yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida uni yaxshiroq pulga sotib yuborish.

Kilian 1 yildan so‘ng erkin agentga aylanadi

Nega Mbappe 1 yil kutib, yangi jamoasiga erkin agent sifatida ketmaydi? Birinchidan, bu ish Mbappe uchun “Monako”ga katta pul to‘lagan va unga katta maosh berayotgan klubga nisbatan hurmatsizlik bo‘ladi. Ikkinchidan, 2022 yilgi jahon chempionati qishda bo‘ladi va shu sababli, 2022 yilda jamoani o‘zgartirish uning faoliyatida qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Chunki mavsumning birinchi yarmini boshqa jamoada va qolgan ikkinchi qismini boshqa jamoada o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Shu sababli ham, Mbappe uchun shu yil yangi jamoaga o‘tish har tomonlama foydaliroq.

Transfer Mbappe v «Real» sorvalsya | ReadFootball

Endi Peres bilan muzokara olib borish osonroq

Yuqorida aytganimizdek, Mbappening shartnomasi tugab bormoqda. Agar PSJ rahbariyati muzokara olib borayotgan Mbappening otasi bilan ziddiyatga kirishishni istamasa, Kilianning transferi bo‘yicha “Real”ga chegirma kilib berishi kerak.

Peres transfer bozorida tajribali savdogar hisoblanadi. Shu bois, u PSJni bir yildan so‘ng hech nimasiz qolgandan ko‘ra, yosh yulduzni 180 million evro evaziga qo‘yib yuborish foydali ekanligiga ishontira oladi. Mbappe shartnomani uzaytirishga umuman shoshilmayapti. Bolaligidan “Real” muxlisi hisoblangan Kilian “Qirollik klubi”da o‘ynash orzusida ekanini hech qachon yashirmagan. Unda Madridga kelish istagi borasida kuchli ishtiyoqning borligi “Real”ga qo‘l keladi va unga xaridor bo‘layotgan boshqa jamoalarga nisbatan ustunlik beradi.

Zidanda “Real”dagi ishida davom etish imkoniyati bor

“Real” ketma-ket 3 ta “el-klasiko”dan buyon “Barselona”ga yutqazmayapti. Qolaversa, jamoa “Liverpul”ni taslim etib Chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Agar “Real” EChL finaliga chiqsa va La Ligada zafar quchsa, Zidan shubhasiz yangi mavsumda jamoada qoladi. Futbolchilar ham Zidanga qarshi emas. Bundan tashqari, u Mbappening transferi masalasida Peresga katta ko‘mak berishi va Kilianni ko‘ndirish asosiy rolni o‘ynashi mumkin. Qolaversa, klub rahbariyati uchun ham notanish murabbiyni olib kelib, tavakkal qilishdan hech qanday foyda yo‘q.

Real tverdo nastroen podorvat letniy rynok transferom Mbappe ili Xolanda -  Futbol 24

La Ligaga yangi qon kerak

La Liga hozir Messi va Ronaldu davrida topilgan pullar evaziga yashamoqda. Endi Krishtianuning “Real”ga qaytish ehtimoli juda kam. Ayniqsa, “Qirollik klubi” moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan bir paytda katta maosh oladigan futbolchini qaytarishi qiyin. Messi ham 1 yoki 2 mavsumdan so‘ng “Barselona”ni tark etadi. Hozirda kataloniyaliklar ham uning o‘rnini egallaydigan yangi super futbolchi izlamoqda. La Liga esa o‘z darajasini saqlab qolishi uchun Xoland va Mbappe kerak. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xolandning otasi va agenti Barselonaga kelgan hamda klub rahbariyati bilan uchrashgan. “Real” esa Mbappeni tinimsiz “ta’qib” qilmoqda. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, bizni yaqin kelajakda yulduzlarga boy “el-klasiko” kutmoqda.

“Real”ga yorqin hujumchilar kerak

Benzema endi yosh yigit emas. U Ramos, Kroos, Marselo va Modrich kabi “Real”ning “qariyalar” ro‘yxatiga kiradi. Avvallari Beyl, Ronaldu, Benzema uchligi raqib himoyachilarini shunchaki sochib yuborar edi. Hozir g‘alaba qozonish qiyinlashgan.

“Qirollik klubi”ning asosiy raqibi – “Barselona” tarkibni sezilarli darajada yoshartirdi. Shunday ekan Peres ham zudlik bilan tarkibga yosh iqtidor egalarini olib kelishi kerak. Dunyoning eng boy va eng mashhur klublaridan biri maqomi “Real”ga bu borada yordam beradi. Mbappe Madridga kelishga rozi bo‘ladi. Chunki Peres uni qanday qo‘lga kiritishni biladi.

Peres pereizbran prezidentom Reala bez vyborov. Obeщaet privezti Mbappe i  Xolanda

“Real” transferlar uchun pul topadi

Ko‘pchilik Mbappe va Xolandning “Real”ga o‘tishi haqida gapirmoqda, ammo Peresning byudjetida qancha puli bor? Florentino hozir 74 yoshda va uning hisobida 2,2 mlrd evro puli bor. Taqqoslash uchun, “Barselona” prezidenti Joan Laportaning 15 mln evro shaxsiy mablag‘i bor.

“Barselona” moliyaviy inqirozdan chiqish uchun katta homiylik shartnomalari imzolaydi, etakchi futbolchilarini sotadi. “Real” esa istagan payt istaganicha kredit olishi mumkin. Chunki Peres ushbu qarzlarni o‘z hisobidan qaytarishni shaxsan kafolatlaydi. Shu bois Mbappe uchun 180 mln evro topish “Real” uchun muammo emas.

Frantsiya chempionatidan La Ligaga ko‘chib o‘tib, muvaffaqiyatli o‘ynab keta olgan futbolchilar talaygina. Zidan va Ronaldino bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shunday ekan Mbappe ham bemalol Ispaniyada o‘zining yuqori darajasini namoyish eta oladi. Ammo Xoland uchun La Liga haqiqiy sinov bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham shunisi aniqki, ushbu ikki bo‘lajak futbol qirollarini “el-klasiko”da ko‘rish barcha muxlislar uchun yoqimli bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!