Mbappe zaif tomoni qaysi ekanligini aytdi

  • 03.04.2026 02:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o‘z o‘yinidagi kamchilik haqida fikr bildirdi.

Futbolchining aytishicha, u har doim ham himoyaviy harakatlarda faol ishtirok etmaydi. 

“Men himoyada kamroq harakat qilaman va bu muammo bo‘lishi mumkin. Bu rost — men bu ishni kamroq bajaraman. Lekin qachon himoyaga yordam bersam, jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini his qilaman. "Real"da buni qilsam, butun jamoa ham qo‘shiladi. Ba’zida tanqidlar meni biroz bezovta qiladi”, — dedi Mbappe.

Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar" 4 aprel kuni "Malyorka"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!