
Mbappe zo‘rligini isbotlay boshladi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionatining 11-turida sobiq jamoasi – “Monako” darvozasiga bir juft to‘p kiritib, parijliklar to‘purarlari ro‘yxatida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Mazkur ikkita aniq zarbadan keyin 21 yoshli hujumchining PSJdagi gollari soni 99 taga etdi.
PSJda eng ko‘p gol urgan hujumchi Edinson Kavani hisoblanadi. Yozda jamoani tark etgan urugvaylik futbolchi raqiblar darvozasini 200 marotaba aniq nishonga olgan. Keyingi o‘rinlarni Zlatan Ibrohimovich (156), Pedru Pauleta (109) va Dominik Roshto (100) egallagan.
Kilian Mbappe kamida yozgacha parijliklar sharafini himoya qilishini inobatga olsak, uning kuchli uchlikka kirish imkoniyati juda yuqori.
Fikrlar