Mbappening Xolanddan ustun tomoni aytildi

  • 12 iyun, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning sobiq futbolchisi Garet Beyl bugungi kundagi eng zo‘r ikki to‘purar – Kilian Mbappe va Erling Xolandni o‘zaro solishtirdi.

Tecno

Mbappe zo‘rmi yoki Xoland? Albatta, Mbappe. Xoland zo‘r o‘yinchi va to‘purar. Mbappe esa, butun jamoani o‘z ortidan ergashtira oladi, - dedi Garet Beyl.

Kilian Mbappe yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 43 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 41 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga o‘nta golli pas uzatdi. Uning gollari PSJni Frantsiya chempioniga aylantirdi.

Xoland esa mavsumdagi 53 ta o‘yinda 52 ta to‘p kiritdi va to‘qqizta golli pas uzatdi. Norvegiyalik futbolchi “Manchester Siti” bilan Angliya Premer-Ligasi, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!