MDH o‘yinlari. Bugun 10 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi

  • 05.10.2025 10:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

MDH o‘yinlarining boks bahslarida bugun so‘nggi kungi janglar bo‘lib o‘tadi. Kun davomida 10 nafar bokschimizning final uchrashuvlari o‘rin olgan. Qayd etish kerak, yigitlarimiz eng ko‘p ishtirokchi bilan ushbu bosqichga etib kelishdi.

 -46 kg: O‘tkirbek Norqosimov - Gardash Rahimov (Ozarbayjon);

-50 kg: Azizbek Shokirjonov - Behruz Umarov (Tojikiston);

-54 kg: Behruz Rohataliev - Erbol Barataxunov (Qirg‘iziston);

-57 kg: Bobomurod Boymirzaev - Akbarjon Abdulloev (Tojikiston);

-60 kg: Otabek Nurmuhammadov - Shahin Aslanov (Ozarbayjon);

-63 kg: Dilshod Ahmadjonov - David Karababaev (Rossiya);

-66 kg: Kamronbek Hamdamov - Maksim Sobolev (Rossiya);

-70 kg: Oybekjon Abdurahimov - Albert Kobzev (Rossiya);

-75 kg: Xurshidbek Jo‘raev - Roman Zaporojets (Rossiya);

+80 kg: Farhodjon Bahodirov - Saftar Mammadzada (Ozarbayjon).

Janglar Toshkent vaqti bilan 15:00 dan boshlab start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!