MDH o‘yinlari. O‘zbekiston hozirga qadar 118 ta medalni qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari yakuniga etib bormoqda. Bugunga qadar O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Oltin:
- Javohir Sharifboev (yunon-rum kurashi, -45 kg)
- Farid Karomov (yunon-rum kurashi, -48 kg)
- Abdulaziz Xolmirzaev (yunon-rum kurashi, -80 kg)

Kumush:
- Saidamir Ne’matov (yunon-rum kurashi, -110 kg)
- Chavgon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi

Bronza:
- Azizbek Barlikbaev (yunon-rum kurashi, -65 kg)
- Faxrikamol Komiljonov (yunon-rum kurashi, -92 kg)
- Qilichbozlik (shpaga, yigitlar jamoaviy)
- Qilichbozlik (sablya, qizlar jamoaviy)
- Badiiy gimnastika (bulava, jamoaviy)

Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasidagi medallar 25 ta oltin, 33 ta kumush va 60 ta bronzani tashkil etmoqda. Bugun musobaqada so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!