Meksika prezidenti Eron terma jamoasi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi
Muhammadqodir Ruzmatov
Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj jamoa yig‘ini AQShdan Meksikaga ko‘chirilganini ma’lum qilgan edi.
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum 2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida Eron terma jamoasining nega Meksikada joylashishi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj jamoa yig‘ini AQShdan Meksikaga ko‘chirilganini ma’lum qilgan edi.
"AQSh Eron terma jamoasining o‘z hududida bo‘lishini istamadi. Shuning uchun ular bizga murojaat qilib: “Meksikada bazalashishimiz mumkinmi?” deb so‘rashdi. Biz esa: “Ha, hech qanday muammo yo‘q”, deb javob berdik, — dedi Sheynbaum.
Ma’lumot uchun, mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Izohlar (0)