Men chempion jamoaga emas, “Roma”ga o‘taman!

  • 30.12.2022 21:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” anchadan beri “Sassuolo” etakchisi Davide Frattezini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Klub sport direktori Tyagu Pinto bu transferni yanvar oyida yakunlab qo‘ymoqchi.

Italiyalik yarim himoyachining o‘zi ham tezroq jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Fratteziga rimliklardan tashqari “Inter” ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Davide milanliklar taklifini qabul qilmagan. Chunki “Inter” futbolchini o‘zining etakchi o‘yinchilaridan biri Nikolo Barellaga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi edi.

Frattezining o‘zi Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepishni istamoqda. Chunki aslida bu futbolchi “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!