“Men ketmayman!”

  • 4 aprel, 2021, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesligadagi to‘purarlik mahoratini Angliya maydonlarda ko‘rsatishga qiynalayotgan Tima Vernerning yozda “Chelsi”dan ketishi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

Tecno

Xususan, “Barselona” ham germaniyalik hujumchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Lekin 25 yoshli futbolchining rejasi boshqa ekan.

Manbalarning ma’lum qilishicha, Timo Verner joriy mavsumni to‘lig‘icha yangi chempionatga moslashish, uning past-balandini o‘rganishga sarflamoqchi.  Ayniqsa, “Chelsi”ga hamyurti Tomas Tuxelning bosh murabbiy etib tayinlangani unga ingliz futboliga moslashishda yordam berishiga ishonmoqda.

Verner bor mahoratini kelasi mavsumda namoyish etishga tayyorlanayotgani bois ham, yozda klubini o‘zgartirmaslikka qaror qildi.   

Timo joriy mavsumda Angliya chempionatida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, atigi beshta gol urdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!