Men Messi emas, Abbosman!

  • 3 dekabr, 2023, 08:00
  • 0
  • Futbol

Rossiya Premer-ligasining ikkinchi davrasi boshlandi. 16-turning markaziy uchrashuvlaridan birida TsSKA o‘z maydonida “Dinamo”ni qabul qildi.

Moskva derbisida Abbosbek Fayzullaev juda yaxshi o‘ynadi. Birinchi bo‘limda aniq zarba bilan juda chiroyli gol urib, hisobni tenglashtirdi. Keyin Anton Zabolotniyga golli pas uzatdi.

1697399532_fayzullaev

O‘zbek legionerining xatti-harakati bilan hisobda oldinga chiqib olgan “armiyachilar” ikkinchi bo‘limda tashabbusni raqibga berib qo‘ydi. “Dinamo” futbolchilari yana ikkita to‘p kiritib, 3:2 hisobida zafar quchdi va uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

TsSKAning eng faol o‘yinchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullaev o‘yindan keyin o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda o‘yinimiz ancha qovushdi. Yaxshi o‘ynadik, lekin ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Vaziyatlardan foydalanish ustida ko‘proq ishlashimiz kerak. Ochiq o‘yin bo‘ldi.

“Dinamo” ham yaxshi jamoa. Ularning o‘yinchilari individual jihatdan juda kuchli.

Biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun o‘ynaymiz, bu gal o‘xshamadi, - dedi o‘zbek legioneri.

Abbosbek Fayzullaev o‘zbekistonlik yosh futbolchilar salohiyati  va o‘zini sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messiga taqqoslashlari haqidagi savolga ham javob berdi.

- Men 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimizning Frantsiya bilan o‘yinini tomosha qildim. Ofarin! O‘zbekistonda har doim talantli yoshlar ko‘p bo‘lgan.

Hozir mamlakatimiz ham, futbol ham jadal rivojlanmoqda.

Meni “o‘zbek Messi”si deyishyaptimi? Yo‘q bundan emas. Men Messini yaxshi ko‘raman. Lekin o‘zim Abbos bo‘lib qolishni istayman, - dedi 20 yoshli futbolchimiz.

Ma’lumki, Fayzullaev yaqinda “Barselona” va Lionel Messiga muxlislik qilishini va kelajakda “Kamp Nou”da o‘ynash orzusi borligini aytgandi. Bundan tashqari, Fayzullaevning bo‘y-basti, o‘yin uslubi, chaqqon va aldamchi harakatlari, maydonni ko‘ra olish qobiliyati va faolligini aksariyat muxlisu mutaxassislar argentinalik yulduzga qiyoslashadi.

Abbosbek Fayzullaevning o‘zi ham Evropaning kuchli ligalarida o‘ynashni maqsad qilgan. Uning birinchi murabbiyi Dmitriy An futbolchiga Ispaniya chempionati mos kelishini ta’kidlagan edi.

Bundan tashqari, bolalar va yoshlar futbolini juda yaxshi tushunadigan Dmitriy An Rossiya klublariga 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokida Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida o‘ynagan ikki nafar o‘zbek futbolchisiga e’tibor qaratishni tavsiya qilgan.

qHF5Qv17006490560355_l

Tajribali murabbiy  yoshlar terma jamoasi vakillaridan Dilshod Abdullaev va Amirbek Saidov hozirning o‘zida Abbosbek Fayzullaev singari Rossiya Premer-ligasi jamoalarida o‘ynab keta olishini ta’kidladi.

Premer-liga klubi: Fayzullaevni kuzatganmiz, u yaxshi futbolchi!

Fayzullaevning ustozi Rossiya klublariga yana ikki futbolchini tavsiya qildi

Buni Fayzullaevdan hech kim kutmagandi

Shomurodov qadrdoning bo‘lsa, jamoangga chaqir!

Legionerimiz: Asosiy tarkibda o‘ynashga tayyorligimni isbotlayman

Murabbiy bu gaplarni Fayzullaev ketib qolgani uchun aytgan

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!