Legionerimiz: Asosiy tarkibda o‘ynashga tayyorligimni isbotlayman

  • 25 noyabr, 2023, 07:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimizdan biri – “Rubin” sharafini himoya qilayotgan Rustam Ashurmatov metaratings.ru saytiga intervyu berdi.

Tecno

27 yoshli futbolchimiz 2023 yilning boshidan beri “Rubin” jamoasida to‘p tepyapti. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan markaziy himoyachi faoliyati davomida yurtimizdan tashqari, ma’lum muddat Janubiy Koreyaning ikki klubida ham o‘ynagan.

Sports.uz portali o‘zbek futboli ishqibozlari e’tiboriga Rustam Ashurmatovning intervyusini havola etadi.

742257_original

Rustam, sen bir yilga yaqin Rossiyada o‘ynayapsan. Bu mamlakatga tez ko‘nikdingmi?

– Juda oson ko‘nikdim. Chunki Qozon shag‘ridagi hayotim O‘zbekistondagi hamma narsani esga soladi. Tatarlar oshxonasi xuddi biznikiga o‘xshaydi. Madaniyati ham yaqin. Tilimizda ham o‘xshashlik ko‘p.

Agar suhbatdoshim tatar tilida xotirjam gapirsa, uning barcha fikrlarini tushuna olaman. Oilam uchun ham Qozonda yashash qulay. Bu juda chiroyli va qulay shahar.

– Sen jamoa birinchi ligada o‘ynayotganida kelgan eding. “Rubin” yuqori divizionga ko‘tarilishiga aminmiding?

– Jamoa Rossiya Premer-ligasiga chiqishiga bir foiz ham shubhalanganim yo‘q. Jamoa buning uchun hamma narsa qildi, mendan umumiy g‘alabami uchun bor kuchimni berdim. “Rubin” men hali kelmasimdan birinchi turda ko‘p ochko yo‘qotgan edi.

“Rubin” bu mavsumni ham og‘ir boshladi. Chempionat yarmiga kelib, sizlar sakkizinchi o‘rindasizlar. Bu natija qoniqtiradimi?

– Biz yuqoriroqda bo‘lishimiz mumkin edi. Jamoa Premer-ligaga moslashishiga vaqt ketib qoldi. Bu ligada tezlik boshqacha va raqiblarning ham saviyasi yuqori.

Dastlabki uchrashuvlar qiyin o‘tdi. Keyinchalik o‘z darajamizga ko‘tarilib oldik. Ayrim vaziyatlarda bizga omad ham etishmadi. Shunday ekan, sakkizinchi o‘rin ham – birinchi davrning adolatli natijasi.

Biz oldinda chempionatning teng yarmi borligini va o‘yinimizni kuchaytirish kerakligini tushunib turibmiz. “Rubin” yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan katta klub.  Shunga intilish lozim.

Sen ko‘p o‘ynayotganing yo‘q. Rashid Rahimov seni asosan Rossiya kubogida o‘ynatyapti. “Rubin” bu musobaqani tark etdi. Senga bu qanday ta’sir qildi?

–  Har qanday futbolchiga ko‘p o‘ynay olmayotgani alam qiladi. Men ko‘proq o‘ynashni istayman, buning uchun mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan harakat qilyapman. O‘z vaqtim kelishini kutishim kerak. Shunday imkoniyat tug‘ilsa, bor imkoniyatimni ko‘rsataman, har doim asosiy tarkibda o‘ynashga tayyorliginimni isbotlayman.

– Har doim ham tarkibdan joy topib bermayotgan bosh murabbiy Rashid Rahimov bilan munosabating qanday?

– Munosabatlar yaxshi. Til topishimiz oson, xarakterlar o‘xshash. Tojik va o‘zbek tillari bir biriga o‘xshamaydi. Lekin murabbiy o‘zbekcha so‘zlarni biladi. Lekin bu muhim emas, ikkimiz ham ruscha gaplashamiz. Ammo murabbiyning sening ona tilingda salomlashishi va hol-ahvol so‘rashi yoqimli bo‘ladi. Rashid Mamatkulovich juda ko‘p tillarni biladi. Jamoada hamma bilan muloqot qiladi.

f762-b710e6d811bfa09ed8416bb6c5940015

Unga qanday ta’rif berasan?

– U qattiqqo‘l va talabchan murabbiy. Men O‘zbekistonda va Janubiy Koreyada ko‘p mutaxassislar bilan ishlaganman. Rahimov ulardan keskin farq qiladi. Uning xarakteri va mashg‘ulotlar jarayoniga yondashuvini alohida ta’kidlay lozim.

“Kalyari”da katta yo‘qotishlar. Raneri Shomurodovni intizorlik bilan kutyapti!

Rossiyada o‘zbek futbolchilari soni yanada ko‘payadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!