Men Xolandni klubda ko‘rishni istamayman!
«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Pol Parkernig fikricha, jamoa hujumchi emas, avvalo himoya chizig‘ini mustahkamlashga e’tibor qaratishi kerak. Shu bois u «Manchester Siti» yulduzi Erling Holandni «Old Trafford»ga taklif qilish tarafdori emasligini aytdi.
«Ehtimol, bunday transfer amalga oshishi o‘zi ham real emasdir. Lekin baribir men Holandni «Manchester Yunayted»ga olib kelmasdim. Uning o‘yin uslubini inobatga olgan holda, men uni bu klubda ko‘rishni istamayman.
Men undan voz kechgan bo‘lardim. Ko‘pchilik uchun u ochiq-oydin tanlov, ammo men uchun emas. U menga umuman qiziq emas», – deya ta’kidlagan Parker Mirror nashriga bergan intervyusida.
Parker himoyani kuchaytirish uchun ehtimoliy nomzod sifatida Niko O’Rayli va Mark Gexini tilga oldi.

Fikrlar