Mendi "Siti" ustidan sudda g‘alaba qozondi

  • 14 noyabr, 2024, 14:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Benjamin Mendi "Manchester Siti" ustidan sudda g‘alaba qozondi. 

2023 yilning noyabr oyida "shaharliklar" himoyachisi mehnat sudiga da’vo arizasi bilan chiqqandi. U 2021 yilda zo‘rlashda ayblanganidan keyingi maoshini talab qilmoqda. Futbolchi barcha moddalar bo‘yicha aybsiz, deb topildi. 

Frantsuz ushbu ish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sudda g‘alaba qozondi. Mendi "shaharliklar"dan 11 million funt talab qilgan va bu summaning katta qismini oladi. Futbolchining talablari to‘liq qondirilmadi. Sababi, u 5 oyga yaqin vaqt hibsda edi. 

To‘lovning aniq miqdori tomonlar o‘rtasida aniqlab olinadi. Agar kelishuv amalga oshmasa, miqdor keyingi sudlarda aniqlanadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!