Menejer: Kelasi yili Makgregor 3 ta jangni o‘tkazishi rejalashtirilgan, Serronega qarshi jang bo‘lib o‘tadi

CHERY AUTO

UFCning ikki divizionidagi sobiq chempioni Konor Makgregorning menejeri Odi Attar Donald Serronega qarshi bo‘lishi kutilayotgan jang bekor qilinmaganini aytib o‘tdi.

"Ushbu dam olish kunlari biz UFC bilan juda samarali muzokaralar olib bordik. Biz Konor uchun raqibni va jang sanasini kelishib oldik.

Serronega qarshi rejalashtirilgan jang bekor qilinmadi. Jang bo‘lishiga to‘siq bo‘ladigan hech narsa ko‘rmayapman. Ikkala tomon ham ushbu jang o‘tkazilishini xohlamoqda.

Haqiqatdan ham, Konor kelasi yili 3 ta jang o‘tkazmoqchi. U o‘ziga nima yoqsa, shuni bajarishni istaydi," - dedi Attar.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Serrone o‘rtasidagi jang 18 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!