Menga Ronalduning yig‘lashi yoqadi

  • 15 aprel, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Sufyon Bufal jahon futboli yulduzlari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni taqqosladi.

Tecno

Afrikalik futbolchi 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati chorak finalida Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynagan. O‘sha bahsda marokashliklar Evropa vakilini kichik hisobda engib, musobaqadan chiqarib yuborgan va Ronalduning yig‘lashiga sababchi bo‘lgan edi.

- Ronalduga hurmatimni izhor qilgan holda shuni aytamanki, menga jamoadoshlarim emas, Krishtianuning yig‘lashi ko‘proq yoqadi. Men Lionel Messini tanlayman, Ronalduni emas. Shuningdek, “Barselona”da to‘p tepishni istayman, - dedi Bufal.

Jahon chempionatini to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan 30 yoshli yarim himoyachi klublar miqyosida Frantsiyaning “Anje” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!