
Meni “Chelsi”ga o‘tishimni yozinglar!
“Volfsburg”ning belgiyalik markaziy yarim himoyachisi Aster Vranks ommaviy axborot vositalari yordamida “Chelsi” mutasaddilari e’tiborini o‘ziga qaratmoqchi.
19 yoshli futbolchi bolaligidan “Chelsi” muxlisi hisolanadi va u Angliyada to‘p tepishni orzu qiladi. Vranks joriy mavsumda katta o‘sishga erishganiga qaramay, hali “tumanli albion” klublari nishoniga tushgani yo‘q.
Topqir futbolchi nemis matbuotidan o‘zini “Chelsi”ga o‘tmoqchiligini yozishni so‘rayapti va bu orqali “aristokratlar”ning nazariga tushmoqchi.
Aster joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi. “Volfsburg” o‘z o‘yinchini 20 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar