Merab Dvalishvili: "Bir safar halok bo‘lishimga oz qolgan"
UFC ning o‘ta engil vazn toifasi (61,2 kg) chempioni Merab Dvalishvili o‘zining yoshligida boshidan o‘tkazgan xavfli voqeani eslab o‘tdi.
"Akam daryoda suzayotgan edi. Men ham suvga sakrab, go‘yoki hazillashib, “men ham shunaqa qila olaman” dedim. Ammo oqim meni chuqurlikka olib ketdi. Juda tez oqim bor edi. Meni bir necha bor uloqtirib yubordi va suv ostida qoldim. Keyin boshqa akam meni ko‘rib qoldi… Yaxshi hamki, katta toshlardan birini ushlab oldim...", - dedi gruziyalik.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili hozirgi kunda UFC ning eng faol jangchilaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar