Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedov haqida qanday gaplar aytdi?
Javohir Malikov
Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedov haqida gapirdi
Gruziyaning UFC jangchisi Merab Dvalishvili rossiyalik Umar Nurmagomedov haqidagi savolga javob berdi.
— Merab, agar sendan Umar Nurmagomedov haqida uchta yaxshi gap so'rashsa, nima deysan?
— Umarning buyuk amakivachchasi bor. Uning yaxshi jamoasi bor va u go'zal joy – Dog'istondan," - dedi Merab Nina Drama You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 2025 yil "UFC 331" turnirida Dvalishvili hakamlarning yakdil qarori bilan Umar Nurmagomedovni taslim etgandi.

Izohlar (0)