Messi - Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi

  • 7 avgust, 2017, 16:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya futboli tarixi va statistikasi tadqiqot markazi talqiniga ko‘ra, Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi futbolchi deya e’tirof etildi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda. 30 yoshli futbolchi 349 ta gol bilan Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Tecno

Nashrning xabar tarqatishicha, ushbu tadqiqotda 1929 yildan buyon chempionatda ishtirok etgan 9280 nafar futbolchi tahlil qilingan. Ushbu tahlilda har bir mavsumda o‘ynalgan daqiqalar, o‘yindagi va penaltidan urilgan gollar, avtogol va qizil kartochkalar hisobga olingan.

Ushbu hisob-kitoblarda Messi 545 ochko jamg‘arishga muvoffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni esa 528 ochko bilan 1994-2010 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan Raul egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni 524 ochko bilan 1939-1955 yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan Sesar Sanches yakunlab berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!