Messi, Saloh yoki Levandovski? Bundesliga futbolchilari talqinida dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim?

  • 3 yanvar, 2022, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing aksariyat futbolchilari "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilishadi.

Kicker nashri o‘tkazgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, polshalik futbolchi uchun Germaniya chempionatining 43,2% futbolchilari ovoz bergan. Kuchli uchlikdan “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh (20,5%) va PSJ hujumchisi Lionel Messi joy olgan.

Joriy mavsum 33 yoshli Levandovski 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 19 ta gol urdi, 29 yoshli Saloh 20 ta o‘yinda 16 ta gol urdi, 34 yoshli Messi esa 11 ta o‘yinda 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!