Messi 700 talik dovondan o‘tdi
Leo o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi
Lionel Messi o‘yindan urilgan gollari sonini 700 taga etkazib qo‘ydi.
"Inter Mayami" hujumchisi Ligalar kubogi doirasidagi "Kruz Azul" bilan o‘yinning 54-daqiqasida zaxiradan maydongu tushib, 94-daqiqada jarima zarbasini amalga oshirib, g‘alaba golini kiritdi. Bu argentinalik futbolchining AQSh klubi uchun debyuti edi.
"Kruz Azul" darvozasiga kiritilgan gol Leoning penaltidan tashqari faoliyatidagi 700-goli bo‘ldi. U 11 metrlik masofadan 108 ta gol urgan.


Izohlar (0)