Messi 8 yil deganda ilk bor zaxiraga olindi

  • 7 sentabr, 2022, 09:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvi doirasidagi “Yuventus”ga qargi bellashuvda zaxiraga olindi. Uchrashuv parijliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Messi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ammo 84-daqiqada maydonni tark etib, o‘z o‘rnini Karlos Solerga bo‘shatib berdi. Bu 2014 yilning 21 oktyabr kunidan beri ilk bor sodir bo‘lgandi. O‘shanda “Barselona” va “Ayaks” bahsda Leo zaxirga olingan.

Shundan beri Messi Chempionlar ligasida 63 ta o‘yinda maydonga tushdi va har safar o‘yinning boshidan oxirigacha o‘ynab kelayotgan edi.

Kechagi g‘alabadan keyin PSJ 3 ochko bilan "H" guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Benfika” esa 1-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!