Messi AQShda o‘zini nima qiynaganini oshkor qildi

  • 19 avgust, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa futbolini tark etib, “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan Lionel Messi AQShda qanday qiyinchiliklarga duch kelganini aytib berdi.

- Boshida bu erning issig‘i va shu kabi omillarga moslashish ancha qiyin kechdi. Lekin hozir ko‘nikib qoldim va o‘zimni qulay his qilyapman. Hozir kelganimdan baxtiyorman.

Bu erga kelish oilaviy qarorimiz edi. Rafiqam va farzandlarim ham shuni istagandi. Bizga shahar yoqdi va muxlislar munosabatidan mamnunmiz. Ilk kunlardan ular bizni mehr-muhabbat bilan kutib oldi va moslashishimizni ancha engillashtirdi, - dedi Lionel Messi.

Messi “Barselona”da uzoq muddat o‘ynaganidan keyin PSJga ko‘chib o‘tgandi. O‘shanda argentinalik yulduz yangi muhitga moslashishga ancha qiynalgan va o‘yinida sezilarli darajada pasayish kuzatilgan edi.

“Inter Mayami”da unday bo‘lmadi. Leo yangi jamoasida oltita uchrashuvda to‘qqizta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
18/08/2023 22:27
Мессида, - у.