Messi "Barselona"ga qaytishi mumkin!

  • 25 fevral, 15:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi kelasi mavsumda "Barselona" qaytishi mumkin. Bu haqda Aleks Kandal xabar qildi. Ushbu jurnalist Leoni "Inter Mayami"ga o‘tishi haqida ham birinchi bo‘lib yozgan edi.

Tecno

Uning ma’lum qilishicha "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati futbolchini jamoaga qaytarish imoniyatini jiddiy o‘rganmoqda. Messining asosiy maqsadi esa 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yaxshi sport formasida etib borish. Bundan tashqari, 8 karra oltin to‘p sohibi "Kamp Nou" ga qaytmasdan turib faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli futbolchi floridaliklar safiga PSJdan 2023 yilda ko‘chib o‘tgan bo‘lib, uning Tranfermarkt  portalidagi narxi 20 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!