Messi bir gap aytdi
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messi “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Kataloniya jamoasini bosh murabbiy sifatida qabul qilib olganiga o‘z munosabatini bildirdi.
- Xavi – “Barselona”ni bolaligidan juda yaxshi biladigan murabbiy. U klubga kerakli mutaxassis va aynan Xavi “Barselona”ni tezroq rivojlanishga majbur qiladi, - dedi Lionel Messi.
“Barselona” xo‘jayinlari Qatarning “Ar-Rayan” jamoasida ishlayotgan Xavini Kataloniyaga olib keldi va u bilan 2024 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi. Xavi futbolchilik davrida 1998-2015 yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar