Messi Frantsiya chempionatining eng zo‘ri

  • 22 avgust, 2022, 15:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Liga 1ning 3-turida "Lill" ustidan yirik 7:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Parijliklar tarkibida Lionel Messi gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Argentinalik futbolchi 2022 yil boshidan buyon Frantsiya chempionatida 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu Evropaning top-5 ligalari o‘yinchilari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Messi joriy mavsumda 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

PSJ ayni payt Liga 1 turnir jadvalida 9 ochko bilan yakkama-yakka peshqadamlik qilmoqda. Klub hozirgacha jami 16 ta gol bo‘lib, atigi 3 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!