Asosiy mazmunga oʻtish

Messi Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchi tarixiy rekordni qayd etdi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomini qo‘lga kiritdi.

38 yoshli hujumchi 2026 yildgi mundial guruh bosqichi 2-turida Avstriya darvozasini ishg‘ol qildi va o‘z hisobidagi gollar sonini 17 taga yetkazdi.

Shu tariqa, "Inter Mayami" futbolchisi Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yakka peshqadamga aylandi.

Avvalgi rekord Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze ga tegishli edi. U mundiallarda 16 ta gol urgan.

Messi esa Avstriyaga qarshi goli orqali Klozeni ortda qoldirib, Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q