Messi koronavirusdan himoyalanish yo‘lini topdi
"Barselona" forvardi Lionel Messi o‘ziga koronavirusga qarshi matraslar sotib oldi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, argentinalik va uning oila a’zolari endi to‘rt soat ichida har qanday virusni yo‘q qiladigan nano-zarrachalar bilan qoplangan matraslarda uxlaydi. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday matraslar COVID-19dan 99,84 foizga himoyalaydi.
33 yoshli Messi joriy mavsum “Barselona”da 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30 ta gol hamda 26 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar