Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messi: «Meni buyuk sportchi sifatida eslashlarini istayman»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Lionel Messi terma jamoalardagi faoliyatini yakunlab, Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi.

Argentina milliy jamoasi sobiq futbolchisi Lionel Messi futbol olamida qanday iz qoldirishni istashi haqida gapirdi.

«Meni buyuk sportchi sifatida eslashlarini istayman. Men doimo orzularim va maqsadlarim yo‘lida kurashganman. Bazida ularga erishganman, bazida esa yo‘q. Ammo oldimda turgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun harakat qilishdan hech qachon to‘xtamaganman», — dedi Messi. Uning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.

Lionel Messi 2023 yil yozidan buyon klublar miqyosida «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. Unga qadar argentinalik yulduz Evropada «Barselona» va «PSJ» klublarida to‘p surgan.

Qayd etilishicha, 39 yoshli Lionel Messi yaqinda Argentina milliy jamoasi bilan xayrlashib, xalqaro faoliyatini yakunlagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q