Messi nihoyat to‘xtadi
PSJ hujumchisi Lionel Messi so‘nggi 17 yillik faoliyati davomida ilk bor “Oltin To‘p”ga da’vogarlik qilolmaydi.
Yilning eng zo‘r futbolchisiga beriladigan mazkur nufuzli sovrin tashkilotchisi - France Football jurnali argentinalik yulduzni da’vogarlar ro‘yxatiga kiritmadi.
35 yoshli hujumchi 2005 yildan beri usluksiz tarzda “Oltin to‘p”ga da’vogar qatoridan o‘rin olib kelgan va bu sovrinni eng ko‘p – etti marotaba qo‘lga kiritgan. Messining eng yaqin ta’qibchisi Krishtianu Ronaldu hisobida beshta “Oltin to‘p” bor.
Messidan farqli ravishda Krishtianu Ronaldu bu yil da’vogarlar safidan o‘rin olgan.
Fikrlar