
Messi o‘ynamaydigan bo‘ldi
"Barselona" klubi qishki qisqa ta’tildan so‘ng, bugun ertalab yig‘inga kirishdi.
To‘rt kunlik tanaffusdan keyin jam bo‘lgan kataloniyalik futbolchilar koronavirusga test topshirdi.
Lionel Messi mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. Ronald Kuman unga dam berishni maqsad qilgan va bayramni nishonlash uchun Argentinaga uchib ketishga ruxsat bergan.
Shu tariqa, Messi 29 dekabr kuni La Liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Eybar"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydigan bo‘ldi. Ushbu bellashuvdan keyin, "Barselona" futbolchilariga 2 kun dam beriladi.
Juma kundan boshlab, jamoa yana mashg‘ulotlarga kirishadi va Messi ham tarkibga qaytadi.
Fikrlar