Messi o‘ziga yoqmaydigan narsani aytdi

  • 06.12.2025 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi va amaldagi jahon chempioni Lionel Messi o‘zining individual statistikasiga hech qachon katta ahamiyat bermasligini aytib o‘tdi.

- Hozir odamlar statistikaga juda ko‘p e’tibor qaratishadi, ammo shaxsan men uni yoqtirmayman. Rekord qo‘yish yoki kimnidir ortda qoldirish uchun assist yoki gol urishni o‘zimdan talab qilmayman.

Men o‘yin bilan yashayman, undan zavq olaman. Menga o‘yin taqdirini hal qilish va jamoaga ko‘proq yordam berish yoqadi. Men statistika uchun o‘ynamayman va unga hech qachon ahamiyat bermaganman.

Hamma narsa tabiiy sodir bo‘lgan. Men gol urish yoki assist berish haqida o‘ylaganim uchun emas, shunchaki o‘sha paytda shunday bo‘lgani uchun bu ko‘rsatkichlar paydo bo‘lgan, - dedi Messi ESPN nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!