Messi PSJda uni qanday kamsitishganini oshkor qildi
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi PSJdagi faoliyati davomida o‘zi duch kelgan yana bir ko‘ngilsiz voqea haqida gapirib berdi.
- O‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Haqiqat shuki, hammasi men kutgandek bshlib chiqmadi. Lekin men hayotda hech narsa shunchaki bo‘lmasligini doim ta’kidlab kelganman.
PSJda har doim ham ishlarim ko‘ngildagidek bo‘lavermagan. Lekin men PSJ o‘yinchisi sifatida jahon chempioni bo‘lgandim.
Frantsuzlar bilan jahon chempionati finalida raqib bo‘ldik. Argentina yutdi, biz frantsuzlar yana jahon chempioni bo‘lolmaganida bosh aybdor bo‘lib qoldik. Natijada men klubda hech kim tabriklamagan yagona jahon chempioniga aylandim, - dedi Lionel Messi.
Fikrlar